Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Yulduzlar olami » O'zbek estradasi » Nigora bilan suhbat
Nigora bilan suhbat
GabrielaДата: Juma, 30.04.2010, 10:13 | Сообщение # 1
Bosh admin
Группа: Администраторы
Сообщений: 408
Награды: 1
Репутация: 10
Статус: Oflayn
Tug’ilgan joyingiz?
Toshkent shahrida tavallud topganman.
Oila a’zolaringiz?
Otam- Abduvahob Ismoilov, onam- Adashxon Rahimova. Oilada beshta farzandmiz. uchta opam va bitta ukam bor.

Oilaviy holatingiz?
Turmushga chiqmaganman.

Ishlagan , oqigan joylaringiz?
Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi musiqa kollejida o`qiyman. 3- bosqich talabasiman.

Nima uchun qo`shiqchi bo`lgansiz ?
Qo`shiqchi bo`lish orzuim edi.

Sizningcha san`atkorlar nima uchun kerak?
Hayotimizda san`atkorlar har kuni kerak. San`atkorlar yaxshi kayfiyat ulashuvchi ijodkorlar bo`lishadi. Yaxshi kunlarda insonlarning yonida bo`lishadi.

Qo`shiq yaratish siz uchun nima?
O`z his-tuyg`ularimni ifodalashim uchun imkoniyat.

Qiziqishlaringiz?
Komedia, ujas kinofilmlarini tomosha qilish. Shuningdek, uxlashni ham yoqtiraman.

Sevimli rangingiz yoki xushlamaydigan rangingiz?
Sariq rangni yoqtiraman. Yashilni esa yoqtirmayman.

Bo’yingiz va vazningiz?
Bo`yim 165 sm, 42 kg.

Ko`p aldaysizmi?
Judayam ko`p aldayman. Foyda keltiradi, ba`zan.

Kech qolib yurasizmi?
Har safar kech qolib yuraman.

Qanday sovg`ani xush ko`rasiz?
Katta-kichikligiga e`tibor bermayman. Eng asosiysi menga nisbatan bo`lgan e`tibordir.

Orzuingiz
Orzuim hayotda baxtli bo`lish.

Armoningiz
Armonim bor, sir.

Bahtlimisiz?
Xudoga shukur, baxtliman.

Do`stlaringiz ko`pmi, kimlar?
Do`stlarim Shohinur, Shaxnoza. Bular mening yoshligimdan do`stlarimdir.

Kelgusidagi rejalaringiz?
Ertaga bormanmi, yo`qmanmi, buni hech kim bilmaydi. Shuning uchun uzoq vaqtga oldindan reja tuzib yurmayman.

Qaysi mavzudagi qo`shiqlar tinglovchining ko`ngliga tez yetib boradi?
Maxzun yo`nalishdagi qo`shiqlar menimcha tezroq yetib boradi.

Qaysi davlatlarda bo’lgansiz?
Chet elda bo`lmaganman.

Maktab davri eng ajoyib va g`aroyib voqealarga boy bo`lganligi bilan xotiramizda saqlanib qoladi. Birinchi sinf, birinchi do`st, birinchi sevgi... Maktab davrida siz bilan sodir bo`lgan voqealardan so`zlab bersangiz...
Maktab davrini eslasam, ko`p voqealar yodimga tushadi. Bir safar, sinfdosh bolalar bilan futbol o`ynaganmiz. Sinfdoshim Ixtiyor koptok tepgan. Shunaqangi zarb bilan tepgan ekanki, men darvozaxonada turgan edim, koptok kelib, qornimga teggan. Ikki kun uyda yotib qolganman.

Siz haqingizda mish-mishlar (Yomon ma`nodagi) tarqab ketsa, o`zingizni qanday tutasiz?
Bunday mish-mishlar tarqalsa, o`z holiga qo`yaman. Agar haddan ziyod shaxsiyatga tegadigan mish-mishlar bo`lsa, tagiga yetishga, kim tarqatganini bilishga harakat qilaman.

San`atga kirib kelganingizda sizga kim birinchi bo`lib qo`l cho`zgan? Ustozingiz deb kimni bilasiz?
Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar menga yordam berishgan. "Akfamedia"ga ham o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Xit qo`shiq yaratish uchun eng avvalo nima qilish kerak?
Ishlash kerak.

Kinoda suratga tushishga taklif qilishsa, rozi bo`lasizlarmi (Qaysi kinofillarad sur’atga tushgansiz)?
"Boyvachcha" kinofilmida suratga tushdim. Taxmina ismli obrazni yaratdim. Agar yana taklif qilishsa, rozi bo`lardim.

Bisotingizda sahna va to`ylar uchun ko`ylaklaringiz ko`pmi?
O`ziga yarasha.

Yutuqli oyindan million dollar yutib olsangiz nimaga sarf qilardingiz?
Yutib olay, keyin ko`ramiz


E'zozxon
 
Форум » Yulduzlar olami » O'zbek estradasi » Nigora bilan suhbat
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: