Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
Eng yaxshi klipni tanglang
Всего ответов: 3
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2012 » Noyabr » 16 » MTV Europe Music Awards 2009 Germaniya poytaxti Berlinda o`tkazildi

MTV Europe Music Awards 2009 Germaniya poytaxti Berlinda o`tkazildi MTV Europe Music Awards 2009 Germaniya poytaxti Berlinda o`tkazildi. Mazkur mukofot 13 ta yo`nalishda taqdim etiladi. Mukofotlash marosimi payshanba kuni O2 WORLD o`yingohida bo`lib o`tdi. Mashhur qo`shiqchi Beyons mazkur mukofotni birvarakayiga uchta yo`nalishda: "Eng yaxshi qo`shiqchi”, "Eng yaxshi qo`shiq” va "Eng yaxshi video” yo`nalishlarida qo`lga kiritdi. U2 guruhi "Eng yaxshi jonli ijro” yo`nalishida mukofotlangan bo`lsa, Eminem "Eng yaxshi erkak qo`shiqchi”, Tokio Hotel "Eng yaxshi guruh”, Green Day "Eng yaxshi rok-guruh”, MaNga "Eng yaxshi Yevropa guruhi”, Lady Gaga esa "Eng yaxshi yosh qo`shiqchi” deb topildi. "Eng yaxshi shaharcha chiqish” yo`nalishida Beyonsning turmush o`rtog`i Jay-Z g`olib bo`ldi. Placebo "Eng yaxshi alternativ guruh” deb topildi. Linkin Park guruhi esa "Eng yaxshi dunyoviy sahna chiqishi” yo`nalishida mukofotga ega bo`ldi. Marosimdan avval U2 guruhi Berlin devori qulaganligining 20 yilligi munosabati bilan bepul konsert uyushtirdi. Eslatib o`tamiz bu sana 9-noyabrda nishonlanadi. Mukofotlar egalariga Jan Reno, Monika Beluchchi, Vladimir Klichko, Backstreet Boys guruhi a`zolari kabi turli yo`nalishlarda dunyoga mashhur insonlar tomonidan topshirildi. Marosim davomida Tokio Hotel, Foo Fighters, Green Day guruhlari, Jay-Z, Beyons, Shakira, Leon Lyuis kabi qo`shiqchilar chiqish qilishdi. Marosim boshlovchisi amerikalik qo`shiqchi Keti Perri bo`ldi. U ikkinchi marotaba mazkur marosimda boshlovchi sifatida ishtirok etishi.
Добавил: Mehmon | Дата: 19.04.2024 | Просмотров: 1428
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Аватар
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2012  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
foydali