 | Saxifalar |
 | Mini chat |
 | So'rovnoma |
 | Ma'lumot |

Onlayndagilar 1 Mehmon 1 Foydalanuvchi 0
|
Главная » 2012 » Noyabr » 16 » MTV Europe Music Awards 2009 Germaniya poytaxti Berlinda o`tkazildi
|
|
|
|
MTV Europe Music Awards 2009 Germaniya poytaxti Berlinda o`tkazildi
MTV Europe Music Awards 2009 Germaniya poytaxti Berlinda o`tkazildi. Mazkur mukofot 13 ta yo`nalishda taqdim etiladi.
Mukofotlash marosimi payshanba kuni O2 WORLD o`yingohida bo`lib o`tdi.
Mashhur qo`shiqchi Beyons mazkur mukofotni birvarakayiga uchta yo`nalishda: "Eng yaxshi qo`shiqchi”, "Eng yaxshi qo`shiq” va "Eng yaxshi video” yo`nalishlarida qo`lga kiritdi. U2 guruhi "Eng yaxshi jonli ijro” yo`nalishida mukofotlangan bo`lsa, Eminem "Eng yaxshi erkak qo`shiqchi”, Tokio Hotel "Eng yaxshi guruh”, Green Day "Eng yaxshi rok-guruh”, MaNga "Eng yaxshi Yevropa guruhi”, Lady Gaga esa "Eng yaxshi yosh qo`shiqchi” deb topildi.
"Eng yaxshi shaharcha chiqish” yo`nalishida Beyonsning turmush o`rtog`i Jay-Z g`olib bo`ldi. Placebo "Eng yaxshi alternativ guruh” deb topildi. Linkin Park guruhi esa "Eng yaxshi dunyoviy sahna chiqishi” yo`nalishida mukofotga ega bo`ldi.
Marosimdan avval U2 guruhi Berlin devori qulaganligining 20 yilligi munosabati bilan bepul konsert uyushtirdi. Eslatib o`tamiz bu sana 9-noyabrda nishonlanadi.
Mukofotlar egalariga Jan Reno, Monika Beluchchi, Vladimir Klichko, Backstreet Boys guruhi a`zolari kabi turli yo`nalishlarda dunyoga mashhur insonlar tomonidan topshirildi.
Marosim davomida Tokio Hotel, Foo Fighters, Green Day guruhlari, Jay-Z, Beyons, Shakira, Leon Lyuis kabi qo`shiqchilar chiqish qilishdi. Marosim boshlovchisi amerikalik qo`shiqchi Keti Perri bo`ldi. U ikkinchi marotaba mazkur marosimda boshlovchi sifatida ishtirok etishi. |
|
|
Добавил: Mehmon | Дата: 18.07.2025 | Просмотров: 1985 |
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
 | Аватар |
 | Поиск |
 | Календарь |
« Noyabr 2012 » |
Du |
Se |
Ch |
Pa |
Ju |
Sh |
Ya |
| | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
 | Архив записей |
 | Sayt do'stlari |
 | foydali |
|