Talaba Ziyodaning kursdoshlari bergan ma'lumotga ko'ra, u institutda kamnamo emish... O'qituvchilardan dakki ham eshitgan...
Ziyoda:-Voy, kim aytdi? Bu ma'lumotni to'liq haqiqat deb bo'lmaydi. Kuni kecha viloyat gastrollardan qaytgandik. Ana shunda dars qoldirgan bo'lishim mumkin. Hozir 1-bosqich talabalariga imtihonlar boshlangan. Bunday "maroqli" paytda dars qoldirsam, oqibati yomon bo'lishi tayin. Bundan tashqari bayram tadbirlari va konsertlar bor...
-Yaqinlaringizga sovg'a oldingizmi?
-Oldim (jilmayib). Oilamizning aksariyat a'zoalari qizlar bo'lganligi uchun ko'proq ularga ma'qul bo'lgan narsalar qiziqtiradi. Kimga qanday sovg'a olganimni esa oshkor etmayman. Bu tuhfalarim ularga Yangi yil "syurprizi" bo'ladi.
|