Yangi yil kuni Qorbobodan kutilmagan sovg`a olishni istasangiz unga maktub yo`llab, yangi yildagi orzularingizni bayon eting.
Rus Qorbobosi.
Rus Qorbobosi Volgograd viloyatida istiqomat qiladi. U Buyuk Ustyurt shahri yaqinida yashaydi. Bayram kuni qorbobo butun dunyodan mehmonlarni qabul qiladi. Maktubingizni quyidagi manzilga yo`llang: 162390, Rossiya, Buyuk Ustyurt shahri, Qorboboga deb. Siz Qorboboga maktubni electron ko`rinishda ham yuborishingiz mumkin. Qorboboning electron manzili: ded-moroz@morozko.net Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript va dedmoroz@vologda.ru Этот e-mail адрес защищен от спам-ботов, для его просмотра у Вас должен быть включен Javascript .
Finlandiya Qorbobosi
Finlandiya Qorbobosiga maktub qo`llash uchun convert ustiga quyidagi manzilni yozing: SANTA CLAUS, ARCTIC CIRCLE, 96930, ROVANIEMI, FINLAND. Maktubingiz Rovaniyev qishlog`ida joylashgan Qorboboning manziliga yetib boradi. Santa Klaus bu yerda gnomlar va ko`p sonli yordamchilari bilan birga yashaydi. Yordamchilari ko`p tillarni biladi va dunyoning turli chetlaridan kelgan maktublarga javob berishda Qorboboga ko`mak beradi.
Laplandiya Qorbobosi
Laplandiya Qorbobosiga maktubni electron ko`rinishda yozishingiz mumkin. Buning uchun www.santaclausoffice.fi yoki www.santaclausonline.com saytlaridan foydalanishingiz mumkin. Agar belgilangan miqdordagi pulni to`lasangiz uyingizga Qorbobo nomidan chiroyli qizil konvertda javob hati keladi.
Bundan tashqari www.santamail.org sayti orqali ham Qorboboga maktub yozishingiz mumkin. Buning birgina qiyinchilig maktublar faqatgina ingliz tilida yozilishi kerakligidir.
Добавил: Mehmon | Дата: 27.03.2023 | Просмотров: 2194