Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
qaysi xonandani sevib tinglaysiz?
Всего ответов: 10
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2010 » Fevral » 14
“Sony PlayStation 2” qurilmasi tufayli kelib chiqqan konfliktda gumon qilingan Kaliforniya universitetining Fresno shahridagi bo‘limining sobiq talabasi ustidan nihoyat sud hukm chiqardi, deb xabar berdi “FresnoBee” nashri.
Oliy o‘quv muassasidagi huquq yo‘nalishida ta’lim olgan Jonkel Bruks 2007 yil may oyida xonasiga bostirib kirgan Brent Denielsni otib o‘ldirgani va yana ikki nafar talabani jarohatlagani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘shanda jabrlanuvchilar Bruks o‘yin qurilmasini o‘g‘irlagan deb gumon qilib, xonasining qulfini buzib kirishgandi.
21 yoshli aybdorning advokati Jonkel bosqinchilardan o‘zini himoyalash uchun shunday qilgani, hatto jinoyatga qo‘l urishdan oldin polga qarata bitta ogohlantiruvchi o‘q uzganini ta’kidlagan.
Shunga qaramay, hukmda ayblanuvchi o‘zini himoyalashda haddidan oshgani aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, prokuror bergan ma’lumotlarda Bruks doim pistolet bilan maqtanib yurishi hamda giyohvandlik moddalari savdosi bila ... Davomini ko'rish »
Muallif: bek9323 | Sana: 14.02.2010 | Ko'rildi: 1172
Ko‘pchilikni nima uchun ikkincha marta Oyga hech kim uchmayapti, degan savol qiziqtirsa kerak. 1969 yili amerikalik Nil Armstrong rostdan ham Oy sathiga qo‘nganmi? Bundan maqsad nima bo‘lgan?
Ma’lumki, insonning Oyga uchishi uchun katta mablag‘ talab etiladi. Hozirda Oyga bormasdan turib ham ushbu Yer yo‘ldoshini tadqiq qilish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar mavjudligi bois ikkinchi bor ushbu sovuq maskanga uchish uchun ehtiyoj sezilmayapti.
Aslida, insonning Oyga uchishi siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. 1961 yili sobiq Sovet Ittifoqi fazogiri Yuriy Gagarinning samoni zabt etishi olamshumul voqea bo‘lgan edi. Shu voqeadan bir oy o‘tgach, AQSh Prezidenti Jon Kennedi mamlakat Kongressiga murojaat qilib, Oyga qadam qo‘yish Amerika xalqining birdan-bir maqsadi ekanini izhor qiladi. “Ushbu o‘nyillikda insoniyatning Oyga qadam qo‘yish majburiyatini mamlakatimiz o‘z zimmasiga olishiga ishonaman”, deydi u. AQShning Oyga uchish bo‘yicha “Apollon” dasturi shundan so‘ng bosh ... Davomini ko'rish »
Muallif: bek9323 | Sana: 14.02.2010 | Ko'rildi: 1246
"Maykrosoft” kompaniyasi juma kuni “Vindovs” kompyuter tizimining yangi avlodini namoyish qilmoqchi, deya xabar beradi “Reyters” axborot agentligi.
“Vindovs 7” yoki “RC” (Release candidate) deya nomlanuvchi yangi model unchalik ham shuhrat qozonmagan “Vindovs Vista” dasturining o‘rnini egallashi maqsad qilingan.
Kompaniya vakillarining aytishicha, “Vindovs 7” 30 apreldan boshlab dasturchilar va axborot texnologiyalari mutaxassislari ko‘chirib olishi uchun “MSDN” hamda “TechNet” tarmoqlariga qo‘yiladi. 5 maydan boshlab esa boshqa foydalanuvchilar ham kirishi mumkin bo‘lgan global tarmoqlarga yuklanadi.
Yangi tizim to‘liq shaklining qachon kompyuterlarga o‘rnatilishi va sotuvga chiqarilishi haqida hali aniq muddat belgilanmagan. Kompaniya bosh moliyachisining aytishicha, dastur savdosi va uning to‘liq amaliyotga tatbiq etilishi uzog‘i bilan iyul oyigacha amalga oshiriladi.
“Maykrosoft” kompaniyasi yillik daromadining qariyb yarmi “Vindovs” dasturlari savdosida ... Davomini ko'rish »
Muallif: bek9323 | Sana: 14.02.2010 | Ko'rildi: 1192
Аватар
Поиск
Календарь
«  Fevral 2010  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
foydali