Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
qaysi qo'shiq eng yoqimli
Всего ответов: 2
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2010 » Fevral » 14 » «Windows»ning yangi avlodi
"Maykrosoft” kompaniyasi juma kuni “Vindovs” kompyuter tizimining yangi avlodini namoyish qilmoqchi, deya xabar beradi “Reyters” axborot agentligi.
“Vindovs 7” yoki “RC” (Release candidate) deya nomlanuvchi yangi model unchalik ham shuhrat qozonmagan “Vindovs Vista” dasturining o‘rnini egallashi maqsad qilingan.
Kompaniya vakillarining aytishicha, “Vindovs 7” 30 apreldan boshlab dasturchilar va axborot texnologiyalari mutaxassislari ko‘chirib olishi uchun “MSDN” hamda “TechNet” tarmoqlariga qo‘yiladi. 5 maydan boshlab esa boshqa foydalanuvchilar ham kirishi mumkin bo‘lgan global tarmoqlarga yuklanadi.
Yangi tizim to‘liq shaklining qachon kompyuterlarga o‘rnatilishi va sotuvga chiqarilishi haqida hali aniq muddat belgilanmagan. Kompaniya bosh moliyachisining aytishicha, dastur savdosi va uning to‘liq amaliyotga tatbiq etilishi uzog‘i bilan iyul oyigacha amalga oshiriladi.
“Maykrosoft” kompaniyasi yillik daromadining qariyb yarmi “Vindovs” dasturlari savdosidan keladi. Raqobat oshib borayotgan global dasturlar bozorida o‘z mavqeini boy bermaslik uchun kompaniya “Vindovs”ni yanada mukammallashtirish borasidagi ishlarini muntazam davom ettirib bormoqda.
Добавил: Mehmon | Дата: 20.04.2024 | Просмотров: 1192
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Аватар
Поиск
Календарь
«  Fevral 2010  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
foydali