Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
Qaysi xonandani sevib tinglaysiz?
Всего ответов: 20
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2010 » Fevral » 13 » Bugungi kinolar: u tomoshabinga nima bermoqda?
San’atlar orasida so‘nggi asrda eng tez rivojlangani va tomoshabinni o‘ziga juda tez jalb etib, ekranga mixlagan turi — kino haqida ko‘p gapirish shart emas. Sababi, ayni kunlarda kinofilmlar san’atning boshqa turlariga nisbatan juda ommaviylashib ketdi.
Bugun kim bilan suhbatlashmang, qaysi davrada bo‘lmang, albatta seriallar va badiiy filmlar haqida so‘z boradi. Ayniqsa, teleekranlarimizni egallab olgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Lotin Amerikasi seriallari e’tirof etilyapti. So‘nggi yillarda “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda ko‘plab xususiy kinostudiyalar tomonidan bir qator filmlar tasvirga olinsa-da, tomoshabinni junbushga solayotgan filmlar kamdek.

Xo‘sh, o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilayotgan filmlar xususida tomoshabinlarning fikri qanday?

Karima Mahmudova, bog‘cha tarbiyachisi: — Bolaligimizda “Mahallada duv-duv gap”, “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”, “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling” kabi qator filmlarni zo‘r ishtiyoq bilan tomosha qilgan bo‘lsak, bugun ham bu filmlarni ko‘raveramiz. Buning sababi, lavhalar juda jonli, hayotiy chiqqan. Bu filmlarda ishtirok etgan aktyorlar o‘ziga xos maktab yaratib, ijrochilik qobiliyati va mahoratini to‘la-to‘kis namoyon etgan.

Amerika kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Sheryurak” badiiy filmini ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak. Bu filmda aktyorlarning ijrosi shu qadar samimiy va jonli chiqqanki, tomoshadan so‘ng vatan qadrini yana ham ko‘proq anglay boshlaysiz, sizning ham o‘z vataningiz uchun nimadir qilgingiz kelib ketadi. Vatan ozodligi, uning har bir qarich tuprog‘i muqaddas ekanligini anglaysiz. Men yaqin vaqtlarda “Nahotki, sen...”, “Fotima va Zuhra”, “Kelgindi kuyov” kabi filmlarni bolalarim bilan birga tomosha qildim. To‘g‘risi, bu kinolardan birortasini tushunmadim. Rejissyor nima demoqchi, odamlar qalbiga qanday ezgu g‘oyalarni singdirmoqchi? Yosh tomoshabinni qaysi yo‘lga boshlayapti? Bu filmlarni ko‘rgan bolalar hayot shu ekan-da, demak boylik, molu mulk ko‘p narsalarni hal qilar ekan, kim nimani xohlasa qilaverishi mumkin ekan, deb o‘ylamaydimi, ularga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmaydimi? Balki bunday filmlarning ekran yuzini ko‘rayotganligi moddiyat bilan bog‘liqdir. Bugun bir so‘m topamiz deb, ertaga bizga millionlab foyda keltiradigan ma’naviy hayotimizni izdan chiqarib qo‘ymayapmizmi?

Ha, haqiqiy san’at asari bo‘lgan badiiy filmlar bilan birga, yengil-elpi, voqelikdan yiroq, tomoshabinni ishontira olmaydigan kinolar ko‘payib ketganligi haqida oddiy tomoshabin ko‘p va xo‘p gapirmoqda. Aslida ham shundaymikan? O‘zbek kinoijodkorlari yaxshi film yaratmayaptimi? Mutaxassis bu borada nima deydi?

Saodat Xo'jayeva, kinoshunos: — O‘tgan yilning sentyabr oyida Almati shahrida “Yevroosiyo” xalqaro festivali bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha yerda 52 ta mamlakatdan vakillar ishtirok etdi. Har bir davlat o‘z kinomahsulotini keng jamoatchilik nazaridan o‘tkazib oldi. 52 ta davlatning tanlovga olib kelgan filmidan 14 tasi saralab olindi. “O‘zbekfilm” kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Erkak” filmi ham saralandi. Festivalning bir kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlandi. Yosh rejissyorlardan Yolqin To‘ychievning “Orzu ortida” filmi ham juda yuqori baho oldi. Filmning rejissyori haqida so‘rashdi, o‘zbek kinosining o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqida bahs bordi.

Oddiy tomoshabin ba’zi filmlar haqida salbiy fikr bildirishi mumkin. Lekin, masalan, “Erkak” filmi dunyo miqyosida haqiqiy milliy kino deyishga arziydigan asardir. Film rejissyori Yusuf Roziqovning dadil izlanishini kuzatdik. Uning “Dilxiroj” filmini kinomuzeyida namoyish etish uchun yaponiyaliklar sotib oldi.

Yurtimizda badiiy asar darajasidagi filmlarni ishlab chiqarish kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lib qoldi. Lekin o‘zbek kinosan’atida iqtidorli, mahoratli rejissyorlar — Jahongir Qosimov, Zulfiqor Musoqov, Ayub Shahobiddinov, Yolqin To‘ychievlar bor. Biz ulardan haqiqiy badiiy asar darajasidagi filmlarni kutamiz.

“O‘zbekkino” milliy agentligi mutaxassislari yaratilayotgan filmlar haqida nima deya oladilar?
— Albatta, har bir film “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan qo‘yilgan talablar asosida nazorat qilinadi. Har yili davlat byudjetidan 15 ta badiiy, 10 ta multiplikatsion film olish uchun mablag‘ ajratiladi. Bu filmlar professional rejissyorlar, stsenariynavislar, tasvirchilar hamkorligida ishlanadi. Ayub Shahobiddinovning “Ko‘rgulik”, Qamara Kamolovaning “Yo‘l bo‘lsin”, Jahongir Qosimovning “18 kvadrat (“Vatan tuprog‘i”)” filmlari yuqori saviyada ishlangan deyish mumkin, — deydi “O‘zbekkino” Milliy agentligi kinostsenariylar tayyorlash, badiiy va multiplikatsion, kino va videofilmlar tematikasini rejalashtirish bo‘limi bosh muharriri Asad Dilmurod.

Hayotning o‘zi ustoz, murabbiy. Kishi turmushda ko‘rgan, eshitgan voqealaridan ma’lum xulosani yasaydi. O‘qigan asarlarimiz hayotning in’ikosi, tomosha qilgan spektakl va filmlarimiz ham mutlaqo to‘qima yoki yolg‘on narsalar emas. Shu jihatdan olganda, qaysidir asar yoki hayotiy voqea asosida yaratiladigan ekran maxsulotlarining yana xalqqa, ya’ni, minglab tomoshabinlarga qaytarilayotganligini unutmaslik kerak. Albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, chinakam mahorat bilan dunyoga kelgan badiiy filmning umri boqiy bo‘ladi, aksincha shoshma-shosharlik bilan, faqat katta daromad olishnigina ko‘zlab yaratilgan film esa shishirilgan pufak kabi o‘tkinchidir.

Bekmirzayev Javohir
“Ma’rifat” gazetasidan olindi.

Добавил: Mehmon | Дата: 26.04.2024 | Просмотров: 1349
Всего комментариев: 1
0  
1 Mistie   (11.08.2013 10:15) [Материал]
Men bu Sir Ken Robinson-ga juda shubha bilan qaaaymrn. O'qish tizimida evolutsiya emas balki revolutsiya qilmoqchi! Bu balandparvoz gap asosida juda katta reja bor bularda. Bu va bunga o'xshash "revolutsiyachilar"ga butun dunyo talim tizimini elg'on, qarama-qarshi, o'zgartirilgan ma'lumot bilan zaxarlashi etmayotganday, endi butun talim tizimini yo'qqa chiqarib yangi sistema tuzishdir. Buni odamlardan robot yasash yoki, oddiy odamlarning miyasidan maksimal darajada o'z boyligini orttirish maqsadida foidalanish desa ham bo'ladi. (bu kabilar o'quvchilar kara-karani yodlashi shart emas, kalkulyatordan foydalanish kerakdeguvchlardir)Nahotki hamma ularga o'xshab dunyoga boylik orttirish uchun kelmaganligini bilmasa?!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Аватар
Поиск
Календарь
«  Fevral 2010  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
foydali