Xitoy maqollari - Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi. - Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir. - Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi. - Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan. - Tog'larga chiqmagan, uzoqlarni ko'rolmas. - Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko'z bilan ish tut. Nemis maqollari - Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq ayb. - Ko'zlar o'zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar. - Qadah ichiga dengizga g'arq bo'lganlardan ko'p kishi g'arq bo'ladi. Amerika maqollari - Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi. - Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash muvaffaqiyatdir. - Jasur odamning boqishi qo'rqoqning qilichidan ko'proq dushmanni titratadi. - Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna. Arab maqollari - Aybiga iqror bo'lganni avf et. - Yigit urushda, do'st dardda, komil inson g'azabi kelganda ma'lum bo'ladi. Alban maqoli - Qarz berarkansan, yo pulni, yo do'stni yo'qotasan. Avstraliya maqoli - Ishq bilan aksirish hech qachon yashirilmaydi. Belgiya maqoli - Haqiqiy sevgi ayriliqda unutilmas. Boliviya maqoli - Sevish kamon chalish kabidir, bilmagan yomon kuylar chiqaradi. Bolgar maqollari - Ko'kdagi yulduzlarni emas, yerdagi suruvlarni ko'proq sana. - Kular yuz oltin kalitga o'xshaydi. Daniya maqollari - Kichik baliq o'lgunga qadar katta baliq bo'lishni umid qiladi. - Kar er bilan ko'r xotin baxtli juft bo'ladi. - Va'dalar mamlakatida inson ochlikdan o'ladi. Fransuz maqollari - Fursati kelmaguncha iste'dodlar oz ishga yaraydi. - Har aqlsizga hayron bo'lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi. - Ideallar yulduzlar kabidir, ularni tutib bo'lmaydi, ammo qorong'i kechalarda yo'limizga ular rahbarlik qiladilar. - Otalar tabiat yaratgan bankirlardir. - Toza vijdon kabi yumshoq yostiq yo'qdir. Hind maqollari - Boshqalardan ustun bo'lishimiz muhim emas. Asl muhim bo'lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir. - Do'stingini tez-tez ziyorat eting, chunki ustida yurilmagan yo'llar tikan va butalar bilan qoplanadi. - Quvvatiga ishonib zaiflarni xor qilganning quvvati boshiga balo bo'ladi. Gollandiya maqollari - Bir marta uylanish vazifa, ikkinchi marta uylanish ko'ngil ochish, uchinchisi azobdir. - Bir umr eshakka minishdan bir yil otga minish yaxshidir. - Yotoqqa yotish bilan muammolar kiyimda qoladi. Irlandiya maqoli - Odam eng ko'p sevgilishini, eng yaxshi shaklda oilasini, eng uzun muddat onasini sevadi. Ingliz maqollari - O'ylamasdan gapirish, nishonga olmay o'q otishga o'xshaydi. - Telbalar aqllilarning yetti yilda javob berolmagan savollarini bir kunda so'raydilar. - Shuhrat qobiliyatning soyasidir. Ispan maqoli - It bilan yotgan burga bilan uyg'onadi. Shotland maqoli - Insonlar yashab qaridik deydilar, holbuki yashamasdan qariydilar. Shved maqollari - Yoshning go'zal yuzi bor, qarining go'zal ruhi bor. - Eski sevgi zanglamaydi. Italyan maqollari - Tinglashdan aql, gapirishdan pushaymonlik tug'iladi. - Buyuk dardlar sassizdir. Yamayka maqoli - Kichik foydalar boylik keltiradi. Yapon maqollari - Birinchi rafiqani senga xudo, ikkinchisini insonlar, uchinchisini shayton jo'natadi. - Ko'r bir tilanchi ham gullarning hidini sezadi. - Uch marta ko'chish bir yangiga badaldir. Kanada maqoli - Aprel yomg'ri may gulini ochirar. Keniya maqoli - Bir yolg'on qanchalik tezkor bo'lsa bo'lsin, haqiqat uni ortda qoldiradi. Kolumbiya maqoli - Eski ishqlar yonib, so'ngan ko'mir kabi tez g'oyat tez olov oladi. Kongo maqoli - Ayol soya kabidir. O'zini ta'qib etgandan qochadi, undan ketganning orqasidan chopadi. Venger maqoli - Tutqunlik tugagan joyda baxtiyorlik boshlanadi. Misr maqoli - Ishqning dardi uzum kabi totlidir. Mo'g'ul maqoli - Insonni tashi bilan kutib olinadi, ichi bilan kuzatiladi. Niger maqollari - Kichik g'amlar gapiradilar, katta dardlar tilsizdir. - Uyingda halovatda bo'lishni istasang, oilangni butun qil. Peru maqoli - Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo'ygan paytda qarishni boshlaydi. Rumin maqoli - Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz, ayb sizdadir. Rus maqollari - Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar. - Tulki tushida tovuq ko'rarkan. Chili maqoli - Go'zallik tabiatning ayollarga bergan ilk hadiyasi, ayni paytda qaytarib olgan ilk narsasidir. Tayland maqoli - Uylanish bir qal'a kabidir. Tashqaridagilar unga kirish uchun, ichkaridagilar undan chiqish uchun urinadilar. Tibet maqoli - Qanchalik oz yuksakda uchsang, tushganingda shu qadar oz ranjiysan. Venesuela maqollari - Ayollar kulgilari kelganda kuladilar, lekin istagan paytda yig'lay oladilar. - Baxt hammaning hayotida bir marta bo'ladi. Yugoslav maqoli - Bir shaklda tug'ilib, ming bir shaklda o'lamiz. Yunon maqollari - Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas. - Jahannamga olib boradigan yo'lda yurish osondir. - Birovning haqi yeyilsa ham, hazm bo'lmaydi. - Hamir qilishni hohlamagan besh kun un elarmish. - Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir. Bekmirzauyev Javohir zayouz portalidan olib tayorladi |