Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
Saytni baholang
Всего ответов: 12
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2010 » Fevral » 1 » "Qashqirlar vodiysi - Iroq" filmidan ta'sirli iqtiboslar

Sam Marshall: Men bolalarni yaxshi ko'raman. Bilasanmi nega? Chunki ular dahshatdan

qo'rqmaydilar. Xuddi men kabi: o'lishdan qo'rqmaganim kabi. Lekin ular ulg'ayganlarida

vahshiy bo'lib yetishadilar. Hamma gunohkor bandalar kabi. Bilasanmi, ba'zida menga

bir narsa qiziq tuyuladi: biz agar bolalarni ular ulg'aymasdan avval o'ldirsak nima bo'ladi? Sen nima deb o'ylaysan? 


Polat Alemdar: Sen shundog'am qancha bolalarning qotilisan. Bu bolalarni shu yerga

keltirish uchun yana qanchasining qonini oqizding? Sen meni bu bolalarni o'ldira oladi

deb o'ylayapsanmi? Men esa bunday deyman: Yo'q, men ularni o'ldirmayman, men

ulardan o'yinchoq kabi foydalanmayman. Unday bo'lsa, men va sen oramizda qanday farq qoladi? 

Sam Marshall: Qanday farq borligini men senga tushuntiraman. Sen hech qachon

11 odamni o'ldirmaysan. Men esa 11000 odamni qurbon qilishga tayyorman. Sen

o'z tuyg'ularing bilan bolalarni o'ldirolmaysan. men esa o'z tuyg'ularim bulan ularni

bitta qo'ymay o'ldirishga ham tayyorman. Men dunyoni harob qilayotgan har bir

insonni o'ldirishga tayyorman. men sendan farqli o'laroq bu yerda tasodifan emasman.

Men "ilohiy missiya" bilan bu yerga kelganman. Men tinchlikni barqaror qilaman...

Tinchlikparvarlar xudoning bolalaridir. 

* * *

Doktor: Senga necha marta aytaman bularga insonlarcha muomalada bo'l deb.

Bular inson, hayvon emas! 

Dante: Men bulardan ko'ra ko'proq hayvonni hurmat qilaman...

Doktor: Shundaymi, agar mening mijozlarimni o'ldirishni bas qilmas va ularning

a'zolarini ko'chirishimga halaqit berarkansan, uxlayotganingda seni ham o'ldiraman... 

* * *

Iroqda o'ldirilayotgan begunoh odamlarning ko'chirilgan a'zolari (yurak, buyrak...)

solingan idishlardagi yozuvlar: 
DIQQAT!
Transplantatsiya qilingan inson a'zolari!
Qayerdan:______
Qayerga: Tel-Aviv/Isroil
London/Angliya
Nyu-York/AQSh...

* * *

Leyla: Mening erim Alloh uchun o'z umrini qurbon qildi. Agar men buning uchun

bir tomchi ko'z yoshimni o'qizsam, Alloh meni jazolasin! Lekin nima uchun ular

Alini o'ldirishdi? Nega? Qasam ichib aytamanki, bombali kamar bilan ularning

oldiga boraman-da, ularni portlataman. Shundagina ular Leylaning umri nechog'lik

ekanini his etishadi. Ota, ularni o'ldirishimga ruxsat bering. 

Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiy: Leyla, nahotki meni bunga rozilik beradi deb

o'ylaysan? Nahotki Allohning payg'ambari shunday buyurgan deb o'ylaysan?

Yoki yana qaysi bir musulmon buni xohlaydi? 

Leyla: Lekin meni boshqa ilojim yo'q...

Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiy: Leyla, agar sen o'z joningga qasd qilsang,

Allohga osiylik qilgan bo'lasan. Avvalo o'z jonimga qasd qilib yaxshilik qilayapman

deb o'ylaysan, lekin buning oqibatida necha-necha gunohsiz insonlar ham qurbon

bo'ladi. Bombani portlatganingda necha odam aziyat chekishini bilasanmi? Buni hech

kim bilmaydi. Shunday ekan, bilginki, begunoh odamlarni o'ldirish jami insoniyat joniga

qasd qilish bilan barobardir. Musulmonlarning aqliga shunday buzg'unchi fikrlarni kiritayotganlar

o'z joniga qasd qilishni ham o'rgatadilar. Bu katta gunoh, qizim va u shaytonning sha'ridir.

Men sening holatingni tushunib turibman. Lekin sening o'z joningga qasd qilishga ham tayyor turib,

dunyo ahli "barcha musulmonlar terroristdir" deyishiga sabab bo'layotgan ishni qilmoqchi bo'layotganingga

achinyapman. Alloh bizga yordam bermayapti deb o'ylama, qizim. Bizning hozirgi, vaqtinchalik chorasizligimiz

va kuchsizligimi payg'ambarimiz SAV tomonidan bashorat qilingandir. Biz birlashishimiz uchun ham

aziyat chekishimiz kerak. Har bir o'z joniga qasd qilish esa chorasizlik va kuchsizligimizni orttiradi.

Aynan shuning uchun ham dushmanlarimiz shunday holatlarning ko'p bo'lishini xohlaydilar. Ular bu

narsalarni ataylab o'zlari tashkil etadilar. Bizning yagona choramiz shudir: Alloh buyurganlariga labbay deyish.

Biz Allohga duo qilishimiz kerak. Shundagina hotirjamlik bo'lamiz. 

* * *

Shayx Abdurahmon Xolis Kirkukiyning duosi: Allohim, biz Seni eshitdik va itoat etdik.

Allohim, Sen har doim g'olibsan. Har qanday holatda ham, kimdir yutib, yutqazganda ham

Sen har doim G'olib bo'lib qolasan, bizni boshqaruvchi yagona Hokim bo'lib qolasan! Allohim

, Sen hatto Muhammad SAVni ham mag'lubiyat berib sinading. Sen hech qachon yovuz

bo'lmagansan va biz har doim sening Rahmli ekanliginigga ishonganmiz. Biz iztirob chekdik,

nafsimiz, shaxshiy xohishlarimiz esa seni unutishimizga olib keldi. Biz bir-birimizga yomon

munosabatda bo'larkanmiz, dushmanlarimiz bizni yenga boshladilar. Bizni bosqinchilardan

asra va gunohkor qalblarimizni kechir! Bosqinchilarni yengishda ko'mak ber! Biz Qur'on va

Payg'ambaring SAV yo'lidan og'ib qoldik. Shuning uchun ham bizni dushmanlar qopladi.

Allohim, bizga bu odamkushlardan qutulishimizda kuch va quvvat berishingni so'raymiz.

Kelayotgan barcha aziyatlaringga sabr-bardosh ber! Allohim, bizga islomni olib kelgan

barcha payg'ambarlaring hurmati so'raymiz, uylarimizni tark etishga yo'l qo'yma! Ruhimizni

iymon va haqiqating bilan to'ldir! 

Bekmirzayev Javohir "Ziyouz" saytidan olib tayyorladi

Добавил: Mehmon | Дата: 29.03.2024 | Просмотров: 2695
Всего комментариев: 1
0  
1 Paklawan   (11.08.2013 11:34) [Материал]
You saved me a lot of haslse just now.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Аватар
Поиск
Календарь
«  Fevral 2010  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
foydali