Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
qaysi qo'shiq eng yoqimli
Всего ответов: 2
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2010 » Yanvar » 31 » AQSHDA ISLOM: KECHA VA BUGUN
09.11.2004. AQShda musulmonlarning uchdan ikki qismini muhojirlar va ularning avlodlari tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShga musulmonlar oqimining dastlabki to‘lqini 1830-1851 yillar orasida yetib kelgan. Negaki shu paytda qora tanli kishilarni qul sifatida Afrika qit’asidan AQShga olib borishgan. Suriya, Falastin, Iordaniya va Livan davlatlari aholisi ham Yangi materikka qarab yo‘l olgan. AQShga ko‘chib kelgan musulmonlar Midvest, Michigan, Detroyt, Chikago kabi sanoatlashgan shtatlar markazlarida o‘zlarining jamoatlarini tashkil etganlar. Ayni mana shu musulmonlar guruhi Shimoliy Amerikada ilk masjidga asos solgan. AQShda masjidlar qurish va boshqa shunga o‘xshash ishlarni musulmonlar o‘z tashabbus va mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar

1947-1960 yillar orasida AQShga emigrant sifatida kelgan musulmonlar orasida Yaqin Sharq aholisidan tashqari Hindiston, Pokiston, Sharqiy Yevropa va sobiq Sovet Ittifoqidan kelganlar ham ko‘pchilikni tashkil etgan. Ularning bir qismi mahalliy boshqaruvchilarning farzandlari, qolganlari esa muhojirlar bo‘lgan.
1967 yildan keyingi davr musulmon emigratsiyasining uchinchi fasli hisoblanadi. Bu vaqt davomida Pokiston, Arab davlatlari va Eronning ko‘p miqdordagi aholisi AQShga ko‘chib keldi. Ularning aksariyati, avvalgilaridan farq qilgan holda, o‘qimishli yoki biror bir hunar sohibi bo‘lgan. Uchinchi davr musulmon emigrantlari ko‘pchiligi Yaman, Misr, Turkiya, Turkiston (Markaziy Osiyo nazarda tutilayapti), Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Iroq, Afg‘oniston kabi mamlakatlari fuqarolari edi. Eng so‘nggi emigrantlar esa asosan Sudan, Uganda, Gvineya-Bisau, Bermida va sobiq Yugoslaviya mamlakatlaridan kelayotganligi qayd etiladi.

Добавил: Mehmon | Дата: 25.04.2024 | Просмотров: 1091
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Аватар
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
foydali