|
|
|
|
AQShning oziq-ovqat mahsulotlarini tekshiruvchi mutaxassislari yaqinda gigienik jihatdan sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Ro‘yxat boshini kutilganidek tuxum egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda shaftoli, qovun kabi mahsulotlarning ham berilgani ko‘pchilikni taajjublantirdi. Tuxum bilan zaharlanish kam kuzatiladigan hodisa bo‘lsa-da, lekin mutaxassislarning aytishicha, har yili tuxum qobig‘idagi bakteriyalardan 660000 kishi xastalanib, ularning 300 ga yaqini vafot etadi. Zararli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatining ikkinchi o‘rnini shaftoli band etgan. Shaftoli mevalari do‘kon peshtaxtalarida uzoq muddat yaxshi saqlanishi uchun turli xil kimyoviy moddalar bilan to‘yintiriladi. Iste’mol qilishdan avval ular tozalab yuvilmasa, inson sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, maxsus qadoqlarda saqlanadigan salat mahsulotlari ham o‘zida turli bakteriyalarni tashiydi, deyiladi tadqiqotda. Yana ekspertlar,
...
Davomini ko'rish »
|
|
|
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 1145 |
|
|
|
|
|
Charlz Darvin dunyo bo‘ylab sayohat qilgan «Bigl» kemasining bort jurnali 151 ming dollarga sotildi. Kimoshdi savdosi Londonda o‘tkazildi. Savdo davomida jurnalning boshlang‘ich narxi deyarli ikki baravarga — 40 ming funtgacha oshdi. Joriy yilda Darvinning tavalludiga 200 yil, u yaratgan «Turlarning kelib chiqishi» ta’limotiga esa 150 yil to‘ladi. Yubiley munosabati bilan dunyo bo‘yicha olimlar yig‘ilishlari va muallifning evolyutsiya nazariyasiga oid buyumlari kimoshdi savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yaqinda olimning «Turlarning kelib chiqishi» ta’limotining asl nusxasi nashrdan chiqarildi. U 52 ming dollarga sotildi |
|
|
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 1000 |
|
|
|
|
|
1. Osmondan og'irroq - pok kishiga bo'hton qilmoq. 2. Yerdan kengroq - haqiqat. 3. Dengizdan boyroq - qanoatli kishining qalbi. 4. Toshdan qattiqroq - munofiqning qalbi. 5. Olovdan issiq - zolim podshoh. 6. Muzdan sovuq - pastkashga muhtoj bo'lmoq. 7. Zahardan achchiqroq - sabrdir. Ali ibn Abu Tolib r.a. |
|
|
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 857 |
|
|
|
|
|
Fransiyalik jarroh-oftalmolog Alen Telandro uzoqni ko‘rolmaslik kasalligini davolashda yangi usulni qo‘lladi. Dastlabki to‘rtta operatsiyani u Fransiyaning Kann shahrida bir kunning o‘zidayoq o‘tkazdi. Jarrohlik operatsiyasining tez va oson kechishida tibbiyot lazeridan foydalaniladi. Alen Telandroning xabar berishicha, yangi texnologiya ikki yil davomida AQShda tadqiq etilgan, lekin Yevropa ittifoqi unga uzoq vaqt sertifikat bermagan. Metodni amalda qo‘llashga atigi ikki hafta oldin ruxsat berildi. Operatsiya 20 soniya davom etadi va u hech qanday og‘riqsiz o‘tadi. Shunga qaramay, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida og‘riqsizlantiruvchi vositalardan ham foydalanish mumkin. Muolaja bahosi 1500 yevroni tashkil etadi. |
|
|
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 2092 |
|
|
|
|
|
09.11.2004. AQShda musulmonlarning uchdan ikki qismini muhojirlar va ularning avlodlari tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShga musulmonlar oqimining dastlabki to‘lqini 1830-1851 yillar orasida yetib kelgan. Negaki shu paytda qora tanli kishilarni qul sifatida Afrika qit’asidan AQShga olib borishgan. Suriya, Falastin, Iordaniya va Livan davlatlari aholisi ham Yangi materikka qarab yo‘l olgan. AQShga ko‘chib kelgan musulmonlar Midvest, Michigan, Detroyt, Chikago kabi sanoatlashgan shtatlar markazlarida o‘zlarining jamoatlarini tashkil etganlar. Ayni mana shu musulmonlar guruhi Shimoliy Amerikada ilk masjidga asos solgan. AQShda masjidlar qurish va boshqa shunga o‘xshash ishlarni musulmonlar o‘z tashabbus va mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar 1947-1960 yillar orasida AQShga emigrant sifatida kelgan musulmonlar orasida Yaqin Sharq aholisidan tashqari Hindiston, Pokiston, Sharqiy Yevropa va sobiq Sovet Ittifoqidan kelganlar ham ko‘pchilikni tashkil etgan. Ularning bir qismi ma
...
Davomini ko'rish »
|
|
|
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 1117 |
|
|
|
|
|
100gr mehr 200gr do'stlik bir choy qoshiq ishonch 500gr vafo va tabga qarab 3-4ta bo'sa
[i]Hamma massaliqlar yaxshilab aralashtirilgach baxtli bo'linglar[/i] |
|
|
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 789 |
|