| Saxifalar |
| Mini chat |
| So'rovnoma |
| Ma'lumot |
Onlayndagilar 3 Mehmon 3 Foydalanuvchi 0
|
Главная » 2010 » Yanvar » 31 » Shaftoli – sog‘liq uchun xavfli
|
|
|
|
AQShning oziq-ovqat mahsulotlarini tekshiruvchi mutaxassislari yaqinda gigienik jihatdan sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Ro‘yxat boshini kutilganidek tuxum egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda shaftoli, qovun kabi mahsulotlarning ham berilgani ko‘pchilikni taajjublantirdi. Tuxum bilan zaharlanish kam kuzatiladigan hodisa bo‘lsa-da, lekin mutaxassislarning aytishicha, har yili tuxum qobig‘idagi bakteriyalardan 660000 kishi xastalanib, ularning 300 ga yaqini vafot etadi. Zararli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatining ikkinchi o‘rnini shaftoli band etgan. Shaftoli mevalari do‘kon peshtaxtalarida uzoq muddat yaxshi saqlanishi uchun turli xil kimyoviy moddalar bilan to‘yintiriladi. Iste’mol qilishdan avval ular tozalab yuvilmasa, inson sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, maxsus qadoqlarda saqlanadigan salat mahsulotlari ham o‘zida turli bakteriyalarni tashiydi, deyiladi tadqiqotda. Yana ekspertlar, qovunlarning po‘chog‘ida insondan-insonga yuquvchi «Salmonella», «Shigella» kabi bakteriyalar mavjudligini bildirishgan. Buning oldini olish uchun tilimlashdan avval qovunni sovun bilan iliq suvda yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Ayni maslahat boshqa mahsulotlar uchun ham qo‘l keladi. Tekshiruv ishlari bergan xulosaga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari, asosan, ularni yaxshilab yuvmasdan iste’mol qilish oqibatida sodir bo‘lishi aytilgan. Shuning uchun, yeguliklarni iste’mol qilishdan oldin tozalab yuvish maqsadga muvofiq |
|
|
Добавил: Mehmon | Дата: 30.12.2024 | Просмотров: 1155 |
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| Аватар |
| Поиск |
| Календарь |
| Архив записей |
| Sayt do'stlari |
| foydali |
|