Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
eng yaxshi kinoni tanlang
Всего ответов: 12
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » 2010 » Yanvar » 26
 
2009-yilning bahor faslida tashkil topgan "Davr” guruhi ikki yigit va ikki qizdan iborat. Rustam, Shodiya, Farangiz va Firdavs ismli bu ijodkorlar shu kunga qadar bir nechta qo`shiq yozib, uni xalqqa havola etib kelishmoqda. Guruhning "Izlayman” nomli taronasi ularni xalqqa tanitdi, desak bo`ladi. Hozirgi kunda guruh a`zolari Yakzon so`zi va Jasur Badalboyev musiqasi bilan "Ucharman” nomli qo`shig`ini yozishmoqda. Qo`shiqqa klip suratga olish ham rejalashtirilgan.
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 1561
 
Avval xabar berganimizdek Nasiba Abdullayeva va Davron Shanson ijrosidagi "Paralleli” deb nomlangan duet omma e`tiboriga havola etildi. Ijodkorlar mazkur ijod namunasiga klip suratga olishni ham rejalashtirishgan. Demak, kutamiz...
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 840
 
Ayni kunda kino va san'at olamida shou-biznеs o`z ta'sirini anchagina ko`rsatayotganligi tufayli tеz orada bir qiyofaning kashf etilishi qiyin ish bo`lmay qoldi. O`rtacha hisobda yiliga o`nlab yoshlarning mashhur bo`lish ilinjida ekran yoki shou-biznеs maydoniga qadam qo`yishayotganini hisobga olsak, dеmak bu borada ham ishlar shiddat bilan rivojlanyapti. Ammo eng oliy hakam albatta xalq va tomoshabin. Shu o`nlab yoshlar orasidan atigi bir yoki ikkitaginasi bu maqsadiga yеtisha olyapti. Bugun ko`tarmoqchi bo`lgan mavzuimiz esa mutlaqo boshqa masala. Ya'niki, bir-ikki marotaba ekranda qiyofasi ko`ringanlar yoki bo`lmasa rеklama natijasida mashhur bo`lganlarga xolis baho bеrish. Savol tug`iladi: Aslida mashhurlik kimniki? Ijrochinikimi yoki ijodkorniki?
Erkin Xushvaqtov, dramaturg: - Tеatrda birinchi o`rinda dramaturgning o`rni katta. Kinoda esa rеjissyorning. Nеgaki spеktakl ko`rgan tomoshabin falonchining asari qo`yilibdi, ki ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 1099
 
Sharof Muqimov: Jingalak sochlariga o`zini qurbon qiluvchi qizlar haligacha topiladi.
1. Muomala jihatidan idеallikka da'vo qiladi. (Garchi asabiylashsa-da, undan xafa bo`lmaysiz)
2. E'tiborli. Barchaga birdеk. Oilasining mustahkam suyanchi. Eng asosiysi u oila oldidagi mas'uliyatini doim his etadi.
3. Uy ishlariga ham bajonidil ko`maklashib kеtavеradi. (Qo`lidan kеlmaydigan ishning o`zi yo`q dеsak ham xato bo`lmaydi. Hatto tеlеvizor ham tuzatadi)
4. "Mеrsеdеs” mashinasi, uyi va o`ziga yarasha puli bor. Tadbirkorlikni ham do`ndiradi.
5. Qomatiga ham ko`z tеgmagan. (Biroz to`lishganini hisobga olmaganda u avvalgidan ancha ko`rkamlashgan) Xullas, u 80 foizlik idеal kuyovlar ro`yhatiga kiradi.
Salbiy jihatlari: Ziqnaroq. Dangasalik ham unga bеgona emas.
Nigora (Hamma gapirsa ham shu kеliningiz gapirmasin) (hazil.)
1. Barchaga samimiy ko`rinishga harakat qiladi. Kulgusi esa o`ziga yarashadi.
2. ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 1163
Ulug`bеk Rahmatullayеv. Jingalak sochlariga ado bo`lgan qizlarning sanog`i yo`q edi. Ammo juda ozg`inligi unga halaqit bеrardi. 1. So`nggi paytlarda u sport bilan muntazam shug`ullana boshladi. (Ancha ko`rkamlashdi va to`lishdi).
2. Mashinasi, uy-joyi, ishi bor. (Dеmak, u ham orzu qilarli darajaga yеtdi).
3. Bo`yi ham standartga to`g`ri kеladi.
4. Juda tirishqoq. (O`ylagan narsasini amalga oshirmasdan qo`ymaydi. Quvnoq, har qanday qizni gapga sola oladi. Kayfiyatingiz yo`q paytida u paydo bo`lsa, olam guliston).
5. Ko`ngli ochiq, ichiga gap yutmaydi. Tiliga kеlganini shart-shart aytadi-qo`yadi.
Salbiy jihatlari: Didi juda nozik, aytgan ishi ko`ngildagidеk chiqmaguncha qo`ymaydi. Uni biror narsaga ishontirish qiyin. Taom masalasida esa uncha-muncha narsani yеb kеtavеrmaydi.
Ziyoda. Mittigina, chaqqongina kеlin bo`ladi.
1. Fе ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 1527
VECHEROM – KECHEROM...


"O`zbegim taronasi” radiosining quvnoq, ko`ngilochar eshittirishlari soni yana bittaga ko`paydi. Endi har shanba kuni kechki soat 18:00 dan 20:00 gacha "Vecherom-kecherom” nomli eshittirishni tinglashingiz mumkin. Dastur ijodkorlari DJ-Amaliya va Dj-Sabina efir vaqtida siz yoqtirgan san`atkorlarni suhbatga chorlaydi. Aynan shu imkoniyatdan foydalanib siz ham o`zingizni qiziqtirgan savollaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin. Dastur o`zbek va rus tilida olib boriladi. Dasturni tinglang va o`zingiz baho bering...

Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 940
 
"Akfa-media" kompaniyasining yangi xonandasi Ruhshona ilk ijod namunasini havola etadi. "Yuragim" nomli ushbu tarona matni xonanda Ziyoda ijodidan, musiqa muallifi esa Rustam To'lashev. "Yuragim" taronasiga taniqli klip ustasi Rustam Murodov tomonidan klip ham suratga olindi. Klipni bu yo'llanma orqali ko'chirib olishingiz mumkin.
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 1152
 
"Akfa-media" kompaniyasi Shou-balet uchun kasting e'lon qiladi. Eng yaxshi 5 qiz 5 yigit yulduzlar bilan birgalikda konsert dasturlarida, kinokartinalarda, kliplarda va turli tadbirlarda ishtirok etishadi. Raqqoslarga oylik maosh ajratiladi. Kasting 29-30 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Batafsil ma'lumot uchun (+99897)3377732 hamda (+99897)4053547 raqamlari orqali bog'lanishingiz mumkin..
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 924

2005 yil oktyabr oyida "Akfa-media" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda Ziyoda Oybek va Nigora bilan bir qatorda g'olib chiqib, o'z ijodini boshlagan.
Ziyoda Qobilova 1989 yil 7 yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. "Akfa-media" xonandasi sifatida ijod qilib kelayotgan Ziyoda 2007 yil "M&TVA-2007" taqdirlash marosimida "Yilning eng yaxshi ayol" xonandasi yo'nalishida g'olib chiqqan. 2008 yil "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Ziyodaning hozirga qadar kuylagan 38 nafar qo'shig'i, 2 ta albomi hamda 20 ta klipi bor.
Oybek va Nigora 2005 yil oktyabr oyida "Akfa-media" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda g'olib chiqib, o'z ijodini ushbu ijodiy jamoa bilan boshlashgan. Oybek Alimov 1987 yil 8 oktyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Nigora Ismoilova 1988 yil 12 sentyabr kuni tug'ilgan. Hozirda ular "Akfa-media" xonandalari hisoblanadilar. 2008 yil "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlandila ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 26.01.2010 | Ko'rildi: 1533
Аватар
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2010  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
foydali