
2009-yilning bahor faslida tashkil topgan "Davr” guruhi ikki yigit va ikki qizdan iborat. Rustam, Shodiya, Farangiz va Firdavs ismli bu ijodkorlar shu kunga qadar bir nechta qo`shiq yozib, uni xalqqa havola etib kelishmoqda. Guruhning "Izlayman” nomli taronasi ularni xalqqa tanitdi, desak bo`ladi. Hozirgi kunda guruh a`zolari Yakzon so`zi va Jasur Badalboyev musiqasi bilan "Ucharman” nomli qo`shig`ini yozishmoqda. Qo`shiqqa klip suratga olish ham rejalashtirilgan.