 2005 yil oktyabr oyida "Akfa-media" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda Ziyoda Oybek va Nigora bilan bir qatorda g'olib chiqib, o'z ijodini boshlagan.
Ziyoda Qobilova 1989 yil 7 yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. "Akfa-media" xonandasi sifatida ijod qilib kelayotgan Ziyoda 2007 yil "M&TVA-2007" taqdirlash marosimida "Yilning eng yaxshi ayol" xonandasi yo'nalishida g'olib chiqqan. 2008 yil "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Ziyodaning hozirga qadar kuylagan 38 nafar qo'shig'i, 2 ta albomi hamda 20 ta klipi bor.
Oybek va Nigora 2005 yil oktyabr oyida "Akfa-media" kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan tanlovda g'olib chiqib, o'z ijodini ushbu ijodiy jamoa bilan boshlashgan. Oybek Alimov 1987 yil 8 oktyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Nigora Ismoilova 1988 yil 12 sentyabr kuni tug'ilgan. Hozirda ular "Akfa-media" xonandalari hisoblanadilar. 2008 yil "Nihol" davlat mukofoti bilan taqdirlandilar. Oybek va Nigoraning shu kunga qadar kuylagan 26 ta qo'shig'i, 1 ta albomi hamda 14 ta klipi mavjud.
|