 Muncha g'amgin bo'lmaa o'ylar, Hijron muncha bo'lmasa uzoq, Meni o'yla, sog'inib o'yla, Yolg'iz meni o'yla intizor, Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq, Holbuki, bir qadam o'rtada. Oramizni kim buzdi o'zi, Inonkim, behuda o'rtadi Hijron muncha bo'lmasa uzoq.
Meni o'yla sog'inib o'yla, Aytsalar-da sevgi uzilgan, Shunday ishinchsizlik tufayli, Xafa bo'lma mendan-o'zingdan, Meni o'yla, sog'inib o'yla.
Yolg'iz mei o'yla intizor, O'ylaringda men yashay yakka, Chunki sevgi atalgan azob Qodir emas toq yashamakka. Yolg'iz meni o'yla intizor
|