Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
Qaysi xonandani sevib tinglaysiz?
Всего ответов: 20
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » Yangiliklar arxivi
Ko‘pchilikni nima uchun ikkincha marta Oyga hech kim uchmayapti, degan savol qiziqtirsa kerak. 1969 yili amerikalik Nil Armstrong rostdan ham Oy sathiga qo‘nganmi? Bundan maqsad nima bo‘lgan?
Ma’lumki, insonning Oyga uchishi uchun katta mablag‘ talab etiladi. Hozirda Oyga bormasdan turib ham ushbu Yer yo‘ldoshini tadqiq qilish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar mavjudligi bois ikkinchi bor ushbu sovuq maskanga uchish uchun ehtiyoj sezilmayapti.
Aslida, insonning Oyga uchishi siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. 1961 yili sobiq Sovet Ittifoqi fazogiri Yuriy Gagarinning samoni zabt etishi olamshumul voqea bo‘lgan edi. Shu voqeadan bir oy o‘tgach, AQSh Prezidenti Jon Kennedi mamlakat Kongressiga murojaat qilib, Oyga qadam qo‘yish Amerika xalqining birdan-bir maqsadi ekanini izhor qiladi. “Ushbu o‘nyillikda insoniyatning Oyga qadam qo‘yish majburiyatini mamlakatimiz o‘z zimmasiga olishiga ishonaman”, deydi u. AQShning Oyga uchish bo‘yicha “Apollon” dasturi shundan so‘ng bosh ... Davomini ko'rish »
Muallif: bek9323 | Sana: 14.02.2010 | Ko'rildi: 1043
"Maykrosoft” kompaniyasi juma kuni “Vindovs” kompyuter tizimining yangi avlodini namoyish qilmoqchi, deya xabar beradi “Reyters” axborot agentligi.
“Vindovs 7” yoki “RC” (Release candidate) deya nomlanuvchi yangi model unchalik ham shuhrat qozonmagan “Vindovs Vista” dasturining o‘rnini egallashi maqsad qilingan.
Kompaniya vakillarining aytishicha, “Vindovs 7” 30 apreldan boshlab dasturchilar va axborot texnologiyalari mutaxassislari ko‘chirib olishi uchun “MSDN” hamda “TechNet” tarmoqlariga qo‘yiladi. 5 maydan boshlab esa boshqa foydalanuvchilar ham kirishi mumkin bo‘lgan global tarmoqlarga yuklanadi.
Yangi tizim to‘liq shaklining qachon kompyuterlarga o‘rnatilishi va sotuvga chiqarilishi haqida hali aniq muddat belgilanmagan. Kompaniya bosh moliyachisining aytishicha, dastur savdosi va uning to‘liq amaliyotga tatbiq etilishi uzog‘i bilan iyul oyigacha amalga oshiriladi.
“Maykrosoft” kompaniyasi yillik daromadining qariyb yarmi “Vindovs” dasturlari savdosida ... Davomini ko'rish »
Muallif: bek9323 | Sana: 14.02.2010 | Ko'rildi: 977
Uning bitta orzusi bor edi. Ushbu niyatning qanday yuzaga kelgani noma'lum. Ammo, qaerda, kim bilan ko‘rishmasin, chuqur entikib, o‘sha orzusini takrorlayveradi. Ko‘zlarida o‘sha mo‘'jizani umri davomida jonli, yonginasidan tomosha qilishga bo‘lgan umid lovullab turganini his qilish qiyin emas. Kunlardan bir kuni ko‘zgu qarshisida uning bunday g‘alati holatining yaqqol guvohi bo‘ldim-u, chin dildan biror yordam berish, orzusining bir qadar bo‘lsa-da, ro‘yobga chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan shubhalarni haydab, aksincha, maqsadining qat'iylashishi payiga tushib qoldim.
Birinchi ishni osori-atiqani yaxshilab o‘rganishdan boshladim, Farangiston boshkentini, undagi diqqatga sazovor makonlarni baholiqudrat ko‘zdan kechirib chiqdim va shundan so‘nggina unga: "Kel, men seni orzu"ingga yetkazaman. Ko‘zlaringni qattiq yumib, so‘zlarimni diqqat bilan tinglasang bo‘lgani, - dedim.

Ertagimni boshladim...

Sen Fransiyaga borishni, Fransiya bo‘lganda ham Parij shahriga borishni, Parij ... Davomini ko'rish »

Muallif: bek9323 | Sana: 13.02.2010 | Ko'rildi: 895
San’atlar orasida so‘nggi asrda eng tez rivojlangani va tomoshabinni o‘ziga juda tez jalb etib, ekranga mixlagan turi — kino haqida ko‘p gapirish shart emas. Sababi, ayni kunlarda kinofilmlar san’atning boshqa turlariga nisbatan juda ommaviylashib ketdi.
Bugun kim bilan suhbatlashmang, qaysi davrada bo‘lmang, albatta seriallar va badiiy filmlar haqida so‘z boradi. Ayniqsa, teleekranlarimizni egallab olgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Lotin Amerikasi seriallari e’tirof etilyapti. So‘nggi yillarda “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda ko‘plab xususiy kinostudiyalar tomonidan bir qator filmlar tasvirga olinsa-da, tomoshabinni junbushga solayotgan filmlar kamdek.

Xo‘sh, o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilayotgan filmlar xususida tomoshabinlarning fikri qanday?

Karima Mahmudova, bog‘cha tarbiyachisi: — Bolaligimizda “Mahallada duv-duv gap”, “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”, “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling” kabi qator fi ... Davomini ko'rish »

Muallif: bek9323 | Sana: 13.02.2010 | Ko'rildi: 1166

Portalimiz tomonidan yana bir yangi klip prem'erasini qarshi olishingiz mumkin. Odatga ko'ra eng sara kliplar prem'erasi aynan bizning portalimiz orqali bo'lib o'tadi. So'ngra esa TV kanallar va boshqa internet saytlariga taqdim etiladi. Odatga muvofiq ravishda Otabek Mutalxo'jaev ham o'zining yangi klipini bizning portalga taqdim etdi.


Eksklyuziv ravishda eng birinchi taqdim etilayotgan "Azobingda qoldim" taronasi uchun ishlangan tarixiy klip sizning diqqat markazingizda bo'ladi. Ishonamizki, klip sizga ham ma'qul keladi. Yaqin kunlarda yanada yangi kliplarni siz uchun havola etamiz. Biz bilan birga qoling.
 
 
 
Muallif: Gabriela | Sana: 13.02.2010 | Ko'rildi: 730
Soni emas, sifatiga ahamiyat berib ijod qilib kelayotgan xonanda Abduvali Rajabov shu kunlarda bir emas ikki tarona ustida ish olib bormoqda. Taronalardan biri "Xotira" deb nomlansa, ikkinchisi "Visoling olib" db nomlanadi...


Abduvali Rajabov ushbu taronalarini yaratishda bastakorlar Sarvar Rahmatxo'jaev va Shuhrat Zokirov, shoirlardan esa, Rustambek Xudayberganov bilan hamkorlikda ish olib bordi. Endilikda har ikkala taronalardan biriga klip suratga olishni rejalashtirgan. Klip rejissori Yodgor Nosirov.
Muallif: Gabriela | Sana: 13.02.2010 | Ko'rildi: 954

O'zbek estradasining yorqin yulduzi Sardor Rahimxon so'nggi yillarda

o'zining yaratayotgan qo'shiqlari bilan xalqimiz orasida ancha mashhur.

Lekin Sardorning omadlaridan foydalanayotganlar ham respublikamizda

uchrab turibdi. Gap shundaki, respublikamizning Navoiy viloyatida Sardor

Rahimxonning "dvoynigi" ya'ni o'xshashi qo'lga olindi... 



Bu ma'lumotni Sardor Rahimxonning o'zi ham tasdiqladi.

Gap shundaki, Navoiy viloyatida Sardor Rahimxon nomidan


xalq xizmatlariga borib kelayotgan shaxs qo'lga olingan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Muallif: Gabriela | Sana: 06.02.2010 | Ko'rildi: 669
Turli mish-mishlar yana bolalashni boshladi. Bu safar omma e'tibor markazida taniqli qiziqchi, O'zbekiston Respublikasida Hizmat ko'rsatgan artist Obid Asomov. Biz har xil mish-mishlarga chek qo'yish maqsadida ustoz san'atkor bilan bog'landik.


Xabaringiz bor, Obid Asomov haqida so'nggi paytlarda anchayin turli bo'lar-bo'lmas gap-so'zlar, mish-mishlar tarqalib kelmoqda. Bularning barchasiga oddiy yondashayotgan Obidjon Asomov bilan hozirgina telefon orqali bog'landik. Ushbu suhbatni biz sizga yozma ravishda taqdim etsak ishonmasligingiz mumkin, degan xulosaga kelib, ularni ovozlarini yozma ravishda sizga taqdim qilishga qaror qildik. Quyida Obid Asomovning qisqagina fikr va so'zlarini ko'chirib olib, tinglashingiz uchun yo'llanma taqdim etilgan. Barcha mish-mishlarga chek qo'yish vaqti yetdi! Ijodkorni o'z holiga qo'ying, u o'z ijodini qilsin!
Yaqin kunlarda Obid Asomovdan fotorep ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 06.02.2010 | Ko'rildi: 5125
 
Shu yilning 17-21 fevral kunlari Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida xalqaro "Okno v Yevropu" musiqa festivali bo'lib o'tadi. Ushbu festivalda O'zbekistondan 3 nafar ishtirokchi qatnashadi. Ular orasida yosh xonanda Daler ham bor.


Festivalda 9 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan yosh san'atkorlar qatnashadi va ularning eng yaxshilarini 3 tur sarhisobiga ko'ra aniqlashadi. Ayni damda esa ishtirokchilar rossiyaga uchib ketish taraddudini ko'rishmoqda. Albatta yurtimiz sha'nini himoya qilayotgan festival qatnashchilarimizga va alohida Dalerga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Muallif: Gabriela | Sana: 06.02.2010 | Ko'rildi: 758
Болакай йигит овози(!) билан унда "шунақа ва бунақа ” ўхшамаганлиги учун, "шунақа ва бунақа ” бўйича профессионалдан маслахат сўрайди, унга талаффузда қийналиб жавоб берилган бу бебахо сўзларни кун фикрига қўйса арзийди.
Болакайга йигит овози қандоқ "ярашган” бўлса қўшиқдаги талаффуз хам "жуда ярашган”)))))
Ўзбек хонандаларимиз рус тилида куйлашганида танқид эмас, росааа қотиб ташлашади-а?))
Лекин аксида….
Шартмикан куйлаётган қўшиғингни ўша тилда эплаб куйлай олмасанг бузиб куйлаш?
Жудаям истак бўлса, ёки бизнес шуни талаб қилаётган бўлса, нахотки Ўзбекистонда ўзбек тили репетиторлари йўқ бўлса?
Мен хам рус тилида гапираман, мен хам ўзбекчада хатолик қиларман, Тошкентча ёзиб гапирарман, лекин мана бу менга салбий таъсир қилди. Негаки эфир ва сахна деган нарсаларни таъсири бор, унда маъсулият бўлиши керак деб хисоблайман.
Гулчехра Жамиловани сўзларини эсладим: Инсон эфир ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 03.02.2010 | Ko'rildi: 840
« 1 2 3 4 5 6 7 »
Аватар
Поиск
Календарь
«  Oktabr 2020  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
foydali