Логин:   Пароль:

Do'stlaringizni taklif eting!

Mini chat
So'rovnoma
Faollarni belgilang
Всего ответов: 1
Ma'lumot
waplog.uz
Проверка тиц pr

Onlayndagilar 1
Mehmon 1
Foydalanuvchi 0
Главная » Yangiliklar arxivi
 
Мана шундай ғалати савол билан бир икки мурожаат қилишганида унчалик ахамият бермадим. Кейин аноним тарздаги берилган маълумотдан сал ажабландим, яна ахамият бермадим. Лекин радиодан Зиёданинг хинд попуррисини Рухшона куйлаганини эшитиб ўша савол ва фикрларга қайтдим.
Узр албатта, лекин Рухшона Зиёдага етар даражада ва ундан-да аъло куйлай олмас экан шартмиди қайта куйлаш деган савол туғилди хам.
Аввал "Акфа-медиа”нинг пресс котибаси (Камилла-Ширин) билан боғландим:
-Зиёда биринчи куйлаган, Рухшона хам куйлаб кўрди, Зиёда устози бўлгани учун.
Зиёда куйлаттирдими ё ўзи куйладими?
-Ну…бизани продюсеримиз куйлаттирдилар. Зиёда хам билади, барибирам Рухшонани устози-да. Келиб студияга бирга бориб, ёрдам бериб турибди.
Зиёда қаршилик билдирмади қайта куйлашга?
-Йўқ.
Лекин хурсанд хам бўлмагандир?
(кулади) "Акфа-медиа” директори Абдурахмон Позилжонов ... Davomini ko'rish »
Muallif: Gabriela | Sana: 03.02.2010 | Ko'rildi: 2213

Диана Ягофаровада нима гаплар? Янги йилдаги режалар?
Айтишларича сочингизни сап-сариқ қилиб олибсиз, «блондинка” бўлиб?
-Йўғэ, бўлмаган гап хаммаси. Навбатдаги гап-сўз.
Қандай янгиликлар билан бўлишасиз? Таклифлар, фильмлар?
-Йўқ, хеч қандай янгилик йўқ, фильмда суратга тушиш хам, таклифлар хам йўқ.
Нахотки янги режалар йўқ? Хар холда янги йил янги хаёт
-Режалар бор албатта, лекин бу хақида хозирча айтишни хохламасдим, бошқалар дарров ўзгартириб, ағдариб-тўнтариб ёзиб юборишади. Лекин бу хақида Сиз биринчилардан билишингизни маълум қилишим мумкин.
"Сочларингни сариииққа, бўяб нима қилааасаан”..(Ш.Жўраев)
Muallif: Gabriela | Sana: 03.02.2010 | Ko'rildi: 1654
Xitoy maqollari
- Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.
- Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
- Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.
- Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.
- Tog'larga chiqmagan, uzoqlarni ko'rolmas.
- Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko'z bilan ish tut.

Nemis maqollari
- Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq ayb.
- Ko'zlar o'zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar.
- Qadah ichiga dengizga g'arq bo'lganlardan ko'p kishi g'arq bo'ladi.

Amerika maqollari
- Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi.
- Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash muvaffaqiyatdir.
- Jasur odamning boqishi qo'rqoqning qilichidan ko'proq dushmanni titratadi.
- Qiyinchilik seni qiynaguncha, se ... Davomini ko'rish »

Muallif: bek9323 | Sana: 02.02.2010 | Ko'rildi: 1115

Sam Marshall: Men bolalarni yaxshi ko'raman. Bilasanmi nega? Chunki ular dahshatdan

qo'rqmaydilar. Xuddi men kabi: o'lishdan qo'rqmaganim kabi. Lekin ular ulg'ayganlarida

vahshiy bo'lib yetishadilar. Hamma gunohkor bandalar kabi. Bilasanmi, ba'zida menga

bir narsa qiziq tuyuladi: biz agar bolalarni ular ulg'aymasdan avval o'ldirsak nima bo'ladi? Sen nima deb o'ylaysan? 


Polat Alemdar: Sen shundog'am qancha bolalarning qotilisan. Bu bolalarni shu yerga

keltirish uchun yana qanchasining qonini oqizding? Sen meni bu bolalarni o'ldira oladi

deb o'ylayapsanmi? Men esa bunday deyman: Yo'q, men ularni o'ldirmayman, men

ulardan o'yinchoq kabi foydalanmayman. Unday bo'lsa, men va sen oramizda qanday farq qoladi? 

Sam Marshall: Qanday farq borligini men senga tushuntiraman. Sen hech qachon

11 odamni o'ldirmaysan. Men esa 11000 odamni qurbon qilishga tayyorman. Sen

o'z tuyg'ularing bilan bolalarni o'ldirolmaysan. men esa o' ... Davomini ko'rish »

Muallif: bek9323 | Sana: 01.02.2010 | Ko'rildi: 2712
Yili, davlati: 2006, Turkiya.
Rejissori: Serdar Akar
Prodyusseri: Raci Sasmaz
Ssenariy mualliflari: Raci Sasmaz, Bahadir Ozdener
Bastakori: Gokhan Kirdar
Bosh rollarda: Necati Sasmaz, Billy Zane, Ghassan Massoud, Berguzar Korel
Film kompaniyasi: Pana Film
Davomiyligi: 122 minut
Tili: Turkcha, kurdcha, arabcha, inglizcha
Syujet: ekshn
Byudjeti: 10 mln $
Ilk namoyishi: 3 fevral, 2006.

Turkiyada "Qashqirlar vodiysi - Iroq" namoyishining 3-kunidayoq barcha rekordlarni zabt etdi. Milliondan ortiq tomoshabin filmni ko'rish uchun kinoteatrlarga tashrif buyurdi. Bu hammasi milliy g'urur tufayli edi.

Gap shundaki 2003 yil, 4 iyulda Amerika askarlarining Shimoliy Iroqdagi turk armiyasining postiga bostirib kiradilar. Ular 11 ta turk ofitserini hibsga olib, xuddi terroristlardek boshiga qopcha kiygizib, so'roq uchun olib ketishadi. Bu hammasi turk xalqi uchun katta jazo edi. Bu voqeadan uch oy ilgari turk parlame ... Davomini ko'rish »

Muallif: bek9323 | Sana: 01.02.2010 | Ko'rildi: 1155
Yaqinda "Argumenti i fakti" gazetasida taniqli kino yulduzi Jeki Chan bilan ajoyib suhbat chop etildi. Unda mashhur artistning kino olamiga qanday kirib kelgani, jangarilik san'atining ayrim sirlari haqida qiziqarli ma'lumotlar bayon qilingan.
Samimiy, o‘z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etuvchi va ayni paytda muxlislarga yangi-yangi filmlarni taqdim qilib kelayotgan Jeki Chan muxlislari uchun ushbu suhbat qiziq bo‘lsa kerak, degan xayolga bordik. Marhamat, undan bahramand bo‘ling.

Bu uchrashuv naq o‘n marotaba belgilandi. Gongkongga yetib borganimizda Channing matbuot kotibi sovuqqina ogohlantirdi: "Belgilangan yigirma daqiqa vaqtingiz tugashi bilan qo‘ng‘iroqni chalaman". Jeki ham xonaga aytilgan vaqtdan hatto bir on ham kechikmay yugurganicha kirib keldi: "Hali diktofoningizni yoqmadingizmi? Axir, besh soniya vaqtimiz bekor ket-di-ku!".

"BIRINCHI FILMDAYOQ MENI O‘LDIRISHGAN"

- Jeki, bir sirni ocha olasizmi? Sizning filmlaringizga asoslanib, Gongkongda hamma od ... Davomini ko'rish »

Muallif: bek9323 | Sana: 01.02.2010 | Ko'rildi: 1441
AQShning oziq-ovqat mahsulotlarini tekshiruvchi mutaxassislari yaqinda gigienik jihatdan sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Ro‘yxat boshini kutilganidek tuxum egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda shaftoli, qovun kabi mahsulotlarning ham berilgani ko‘pchilikni taajjublantirdi.
Tuxum bilan zaharlanish kam kuzatiladigan hodisa bo‘lsa-da, lekin mutaxassislarning aytishicha, har yili tuxum qobig‘idagi bakteriyalardan 660000 kishi xastalanib, ularning 300 ga yaqini vafot etadi.
Zararli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatining ikkinchi o‘rnini shaftoli band etgan. Shaftoli mevalari do‘kon peshtaxtalarida uzoq muddat yaxshi saqlanishi uchun turli xil kimyoviy moddalar bilan to‘yintiriladi. Iste’mol qilishdan avval ular tozalab yuvilmasa, inson sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Shuningdek, maxsus qadoqlarda saqlanadigan salat mahsulotlari ham o‘zida turli bakteriyalarni tashiydi, deyiladi tadqiqotda.
Yana ekspertlar, ... Davomini ko'rish »
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 1114
Charlz Darvin dunyo bo‘ylab sayohat qilgan «Bigl» kemasining bort jurnali 151 ming dollarga sotildi. Kimoshdi savdosi Londonda o‘tkazildi.
Savdo davomida jurnalning boshlang‘ich narxi deyarli ikki baravarga — 40 ming funtgacha oshdi. Joriy yilda Darvinning tavalludiga 200 yil, u yaratgan «Turlarning kelib chiqishi» ta’limotiga esa 150 yil to‘ladi. Yubiley munosabati bilan dunyo bo‘yicha olimlar yig‘ilishlari va muallifning evolyutsiya nazariyasiga oid buyumlari kimoshdi savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yaqinda olimning «Turlarning kelib chiqishi» ta’limotining asl nusxasi nashrdan chiqarildi. U 52 ming dollarga sotildi
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 975
1. Osmondan og'irroq - pok kishiga bo'hton qilmoq.
2. Yerdan kengroq - haqiqat.
3. Dengizdan boyroq - qanoatli kishining qalbi.
4. Toshdan qattiqroq - munofiqning qalbi.
5. Olovdan issiq - zolim podshoh.
6. Muzdan sovuq - pastkashga muhtoj bo'lmoq.
7. Zahardan achchiqroq - sabrdir.

Ali ibn Abu Tolib r.a.
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 833
Fransiyalik jarroh-oftalmolog Alen Telandro uzoqni ko‘rolmaslik kasalligini davolashda yangi usulni qo‘lladi. Dastlabki to‘rtta operatsiyani u Fransiyaning Kann shahrida bir kunning o‘zidayoq o‘tkazdi.
Jarrohlik operatsiyasining tez va oson kechishida tibbiyot lazeridan foydalaniladi. Alen Telandroning xabar berishicha, yangi texnologiya ikki yil davomida AQShda tadqiq etilgan, lekin Yevropa ittifoqi unga uzoq vaqt sertifikat bermagan. Metodni amalda qo‘llashga atigi ikki hafta oldin ruxsat berildi. Operatsiya 20 soniya davom etadi va u hech qanday og‘riqsiz o‘tadi. Shunga qaramay, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida og‘riqsizlantiruvchi vositalardan ham foydalanish mumkin. Muolaja bahosi 1500 yevroni tashkil etadi.
Muallif: bek9323 | Sana: 31.01.2010 | Ko'rildi: 2060
« 1 2 3 4 5 6 7 »
Аватар
Поиск
Календарь
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
foydali